Ucan Consulting
Talabalarga chet elda o‘qish imkoniyatlarini ochib, ularning global fikrlash va bilim olish yo‘lidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash

BIZ HAQIMIZDA

UCAN Consulting 2018-yil tashkil topgan kompaniya bo'lib, hozirda 600 ga yaqin insonlarga universitetga kirishda, universitetdan chegirma olishda va viza jarayonlarida ko'maklashgan. 2023-yil UCAN Consulting Oxford International Group tomonidan "Eng zo'r Osiyodagi agentlik" deb topilgan.
UCAN Consulting asoschisi Adhamjon Dustmamatov Buyuk Britaniyada MBA dasturida o'qigan va hozirgi kunda Londonda 2 yildan beri istiqomat qilib kelmoqdalar.
Biz yutuqlarimiz va rasmiy xalqaro sertifikatlarimiz

Bizning Jamoamiz

Xalqaro darajadagi tajribaga ega, yuqori malakali mutaxassislar va o'z ishiga sodiq bo'lgan xodimlardan iborat. Har bir mijozimizga individual yondashish va sifatli xizmat ko'rsatish bizning asosiy maqsadimizdir.

Bizning mutaxassislarimiz British Council tomonidan rasmiy sertifikatga ega bo'lib, bu O'zbekistonda kam uchraydigan professional yutuqdir.

Shaxsiy yondashuv
Har bir mijozimizga o'z maqsadlarini amalga oshirishda individual qo'llab-quvvatlash ko'rsatamiz. Universitetga kirish, o'qishni rejalashtirish yoki professional rivojlanishga doir barcha savollaringizga yechim topishga yordam beramiz.
Bizning missiya:
“Talabalar va yosh mutaxassislarning orzularini amalga oshirish yo'lida ko'prik bo'lish, xalqaro ta'lim, professional rivojlanish va zamonaviy bilimlarga ega bo'lish orqali yorqin kelajakka ko'maklashish"
Omonat va dahldorlik
Biz mijozlarning bizga bo'lgan ishonchlarini oqlashga va ular oldidagi haqlarimizni to'liq bajarishga mushtarakmiz
Professionallik
Biz yuqori natijalar ko'rsatish va mijozlarni ishonchlarini oqlash uchun har bir jarayonlarga professional yondoshamiz.
Moslashuvchanlik
Biz dunyodagi hodisalar, eng aktual yo'nalishlar, bozordagi talab ko'rsatgichlariga juda tezkor moslashuvchanmiz.
Mijozlar nega bizni tanlashadi?
  • Ko'p yillik tajriba
    UCAN Consulting ta’lim va karyera sohasida 7 yillik amaliy tajribaga ega. Bizning faoliyatimiz davomida juda ko'plab talabalar dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qishni boshladi va muvaffaqiyatli karyera qurishdi. Biz tajribamiz asosida har bir mijoz uchun eng samarali va individual yechimlarni taklif etamiz.

    1
  • Yuqori natijalar
    Natijalarga yo‘naltirilgan xizmat – talabalarimizni TOP universitetlarga olib chiqamiz!
    UCAN Consulting o‘z mijozlariga dunyoning eng nufuzli universitetlariga kirishda yordam beruvchi yetakchi kompaniya sifatida tanilgan. Bizning xizmatlarimizning samaradorligini mijozlarimizning quyidagi muvaffaqiyatlari tasdiqlaydi: har yili bizni ko'plab talalabalarimiz dunyoning TOP 100 va TOP 300 o'rinlariga kiruvchi nufuzli universitetlar talabalariga aylanishadi.
    2
  • Xalqaro kompaniya
    UCAN Consulting – bu O‘zbekistonning yetakchi xalqaro kompaniyalaridan biri bo‘lib,O'zbekistonda va Londondagi officelarimiz orqali, dunyoning eng yaxshi universitetlariga kirish bo‘yicha muvaffaqiyatli natijalar bilan tanilgan. Xalqaro hamkorliklar: UCAN Consulting, ICEF, WEBA WORLD, NAFSA kabi xalqaro ta’lim konferensiyalarida faol qatnashgan va yirik xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatgan.
    3
  • Professional xizmat ko'rsatish
    Professional tajriba va malaka:
    xodimlarimiz ta'lim sohasida va xorijiy universitetlar bilan ishlashda ko‘p yillik tajribaga ega. Ular O‘zbekistondagi va xalqaro miqyosdagi talabalarni muvaffaqiyatli o‘qishga joylashtirishda yordam berishadi.
    Bizning mutaxassislarimiz British Council tomonidan rasmiy sertifikatga ega bo‘lib, bu O‘zbekistonda kam uchraydigan professional yutuqdir.
    4
  • Katta kompaniyalar tanlovi
    UCAN Consultingning tajribasi va ishonchi sababli "Najot Ta'lim" asoschisi Temurbek Adhamov bizni tanlashdi va xizmatimizdan bir necha marotaba foydalanishdi. Bundan tashqari "Cambridge LC" asoschisi Jahongir Pulatov ham bizning xizmatimizdan foydalanishmoqda va o'z o'quvchilariga ham bunday imkoniyatni yaratib bermoqda. Bundan tashqari chegaradosh qo'shni davlatlarimizdan biri bo'lgan Tojikiston Respublikasida o'z o'rniga ega bo'lgan "Oxford LC" asoschisi ham o'z o'quvchilariga aynan UCAN Consulting orqali Ingliz yurtlarida talaba bo'lish xohladi va shartnoma imzoladi.
    5
  • Kompleks xizmat
    UCAMP — bu UCAN Consulting tomonidan tashkil etilgan muvaffaqiyatli loyiha bo'lib, 11-17 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar uchun yozgi va qishki lagerlar tashkil etadi. Bu lagerlar Birlashgan Qirollik, AQSh va Kanadadagi nufuzli universitetlarda o‘tkaziladi. UCAMP dasturi yoshlar uchun haqiqiy universitet hayoti tajribasini taqdim etadi va ishtirokchilarga boshqa mamlakatlardan bo'lgan tengdoshlari bilan muloqot qilish, bilim almashish va global miqyosda dunyoqarashni kengaytirish imkoniyatini yaratadi. UGrants — bu UCAN Consulting tomonidan tashkil etilgan va talabalar hamda yosh mutaxassislar uchun grantlar va stipendiyalar topish bo'yicha yordam beradigan platformadir. UGrants ishtirokchilarga o‘qish va kasbiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni olish imkoniyatini yaratadi.
    6
London shahrida
🇺🇿 o'zbek community
  • Biz doimiy tarzda talabalarimiz bilan uchrashuvlar tashkil etamiz, uchrashuvlarga tadbikor, rahbarlar, mutaxassislarni mehmon sifatida taklif qilamiz.
  • O'zbek talabalarni o'zaro tanishtirib o'zlariga qiyin masalalarda yordam berishga, ta'lim va musofir hayotdagi muammolarga yechim topishga harakat qilamiz.
  • Ushbu kommunityda ishtirok etish, networking qurish Ucan talabalari uchun mutlaqo bepul va doimo ochiqdir.

Ucan Consutling rahbari Adhamjon Do'stmamatov 2 yildan buyon Angliya davlatida istiqomat qilib kelmoqdalar

Londondagi jamoamiz sizga qanday xizmatlar ko'rsatadi?
London va uning yaqinidagi shaharlardan o'quvchilarni kutib olish
Turar joy va ish topishga ko'maklashish
UCAN CONSULTING

Manzil: Toshkent shahar Furqat ko'chasi 3A
Phone: +998787775777


Londondagi offisimiz

Manzil: The Press Centre, Here East, 14 East Bay Lane, London, E20 3BS