Ingliz yurtlarida yozgi va qishki ta'lim lagerlari
Ro'yxatdan o'tish
Batafsil ma'lumot olish uchun ro'yxatdan o'ting
Operatorlarimiz tez orada sizga bog'lanishadi
Biz haqimizda
UCAMP - bu 11 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar uchun maxsus tashkil etilgan ta'limiy va dam olish lageri loyihasi bo'lib, yosh avlodga ingliz tilini o'rganish, madaniyat bilan tanishish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini beradi.
Bu loyiha yoshlarning til o'rganish darajasini o'stirish, mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish va yangi do'stlar orttirish uchun mukammal platformadir.
Loyiha doirasida biz 7 kundan 14 kungacha bo'lgan muddatda Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada kabi davlatlarga aynan ta'lim va dunyoqarashni kengaytirishga ixtisoslashgan sayohatlar tashkil etamiz. Sayohat davomida mashhur universitetlar, muzeylar, e'tirofga sazovor joylarga tashrif buyuramiz.
Worcester universiteti Buyuk Britaniyaning eng katta va go'zal universiteti hisoblanadi. Aynan Abraham Linkoln shu universitetni yakunlagan. Lager ushbu universitet hamda uning atrofidagi New Jarsey bog'i va Klinton metrosi atrofida olib boriladi. Farzandlaringiz bexavotirdir.
Surrey universiteti Buyuk Britaniyaning eng yaxshi universitetlari qatorida ajralib turadi. Shaharning markazidan bir necha daqiqa piyoda masofada joylashgan bu kampus qulay joylashuvi bilan ajralib turadi. Temir yo‘l stansiyasiga yaqinligi sababli, barcha kerakli joylarga oson yetib borish mumkin. Bu yerda taniqli Surrey Sports Park – sport mukammalligi markazi joylashgan bo‘lib, ushbu kampus akademik nufuz va yuqori darajadagi sport inshootlarini o‘zida mujassam etgan.
Brunel University London – 1966-yilda tashkil etilgan va Londonning Uxbridge hududida joylashgan yetakchi universitetlardan biridir. U zamonaviy kampus va turli fan yo‘nalishlarida ta’lim berish imkoniyatlarini taqdim etadi. Talabalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan: yotoqxona, kutubxona, laboratoriyalar va sport inshootlari mavjud. Brunel universiteti o‘zining ta’lim sifati, tadqiqot ishlari va xalqaro talabalar orasida mashhurligi bilan tanilgan.
Ramapo kolleji 1969-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Nyu-Jersi shtatining go‘zal hududida joylashgan. 300 gektarlik yashil va osoyishta kampus talabalarga o‘qish uchun ilhomlantiruvchi muhit yaratadi. Kollejning Nyu-York va Vashington, D.C. kabi yirik shaharlarga yaqinligi talabalar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Bu stajirovkalar, madaniy tadbirlar va kasbiy aloqalar orqali ularning akademik bilimlarini boyitadi va kelajakdagi faoliyatlariga tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam beradi.
Biz farzandingiz bilan emas, balki siz bilan ya'ni farzandning ota-onasi bilan o'rtada ishonch bo'lgan holda shartnoma qilamiz.
2
Hujjatlarni tayyorlash
Lager uchun barcha kerakli hujjatlarni sizning qo'lingizdan olamiz, qolgan rasmiy ishlarni o'zimiz qilamiz.
3
Visaga topshirish
Visaga hujjat tayyorlash va topshirish ishlarini o'z zimmamizga olamiz.
4
Sayohatga otlanish
Bolalarga biriktirilgan tajribali xodimimiz O'zbekistondan Ingliz yurtlarigacha va undan keyin jarayonlarda bosh bo'ladi.
5
Safarga olib borish
Sayohat davomida har bir mashhur joylarga tashrif buyurilganda, Ingliz tili darslarida, kechki ko'ngilochar tadbirlarda bolalar doim birga bo'lishadi va nazorat qilinadi.
6
Safardan qaytish
Sayohat tugab o'zimizning yurtimizga qaytilganda ham bolalar ota-onalariga topshirilguncha xavfsiz va nazorat ostida bo'lishadi.
Nega inglizzabon mamlakatlar?
Xalqaro tajriba va kuchli viza tarixi
Buyuk Britaniya, AQSh kabi rivojlangan mamlakatlarda o‘qish va madaniy sayohatlar orqali ko‘plab imkoniyatlarni ochib, kuchli viza tarixini yaratadi.
Native ingliz tilidagi muhit
UCAMP dasturlari til ko‘nikmalarini real hayotda rivojlantirishga yordam beradi.
Eng nufuzli ta'lim maskanlari
O’quvchilarni dunyodagi eng nufuzli universitetlarida ta’lim lagerini tashkillashtirib beradi. Bu esa, o’quvchilarni, real hayotda, student bo’lish hissiyotini beradi va ularni maqsadini yanada aniq qilishga yordam beradi.
Nega bizni tanlashadi?
Ta'limga ixtisoslashuv
Bizning dasturda farzandingiz faqatgina hordiq uchun emas, balki dam olishni ta'limiy jarayon bilan o'tkazadi. Ya'ni lager ishtirokchilari mehmonxonalarda emas balki TOP universitetga qarashli yotoqxonalarda xuddi talabadek yashashadi. Talabalikni his qildirish uchun 40 ta ingliz tili darslarida ham qatnashishadi.
1
Katta tajriba
UCAMP loyihasi UCAN consulting kompaniyasi qoshida ochilgan ingliz yurtlariga yozgi va qishki lager dasturi hisoblanadi. UCAN Consulting insonlarga Buyuk Britaniya, Kanada va Amerikada talaba bo'lishga yordam berib kelayotgan 6 yillik tajribaga ega kompaniya hisoblanadi.
2
Katta ta'lim markazlari tanlovi
Butun O'zbekiston aholisining ishonchiga kirgan taniqli o'quv markazlar va xususiy maktablar UCAMP dasturi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdi. O'zlari o'qitayotgan o'quvchilarini mavsumiy lagerga borishlari uchun UCAMPga ishonishdi.
3
Halol ovqatlar va qulay joylashuv
3 mahal halol ovqatlar va xavfsiz yashash joylari farzandingizning sog‘lom va qulay muhitda o‘qish va dam olish imkoniyatini taqdim etadi. Sizning farzandingiz yashaydigan yotoqxona universitet tomonidan belgilangan xodim tamonidan nazoratga olinadi.
4
Keng qamrovli ekskursiyalar
Farzandingiz Amerika va Buyuk Britaniya lagerida shu davlatlarga tegishli eng mashhur bo'lgan joylar, muzeylar va TOP universitetlarga tashrif buyurishadi. Bu orqali kelajakldagi ta'limlariga yanada e'tiborliroq bo'lishadi.
5
Xavfsizlik va ishonch
Professional yetakchilar tomonidan doimiy nazorat ostida ta’lim olish xavfsiz muhitni ta’minlaydi.
6
Bizga ishonch bildirgan hamkorlarimiz
Jahongir Pulatov
Cambridge learning center asoschisi va rahbari
Temurbek Adhamov
Najot Ta'lim, Robbit o'quv markazlari asoschisi va rahbari
Doniyor Nasriddinov
Colba o'quv markazi asoschisi va rahbari
Ibrohim Erkinov
Mars IT school marketing bo'limi rahbari
Aziz Rahimov
Rahimov School asoschisi va rahbari
Oydin Mirusmanova
Cambridge Kids va rahbari
Hamkorlar
Avvalgi sayohatlardan lavhalar
Ko'p beriladigan savollarga javoblar
Bizning ofisimizga o‘quvchilar va ularning ota-onalarini taklif qilamiz. Ular uchun kerakli barcha ma’lumot va hujjatlar bo‘yicha mutaxassislarimiz batafsil maslahat berishadi.
Ofisimiz manzili: Furqat ko‘chasi, 3A, Toshkent shahar. O‘quvchilar o‘zlari ham kelishlari mumkin, lekin ota-onalarning biri bilan kelishlari maqsadga muvofiq, chunki ularda ham ko‘plab savollar bo‘lishi mumkin.
Albatta! Oldingi o‘quvchilarimizning aksariyati chet elga chiqish tajribasiga ega emas edi. Ular biz bilan lagerga muvaffaqiyatli borib kelishdi. Eng muhimi — xalqaro pasportning mavjudligidir.
Biz boshlang‘ich darajadan (Beginner) to yuqori darajagacha (IELTS) o‘quvchilarni qabul qilamiz. Har bir o‘quvchi o‘z bilim darajasiga qarab guruhlarga bo‘linadi va maxsus darsliklar asosida o‘qitiladi.
Har bir o‘quvchining xavfsizligi maksimal darajada inobatga olinadi. Ular bilan tajribali guruh rahbari birga bo‘ladi. Bolalar ota-onalarining ruxsati bilan olib ketiladi va olib kelinadi. Aeroportdan kutib olish va kuzatish xizmati ham qamrab olingan. O‘quvchilar uchun shinam va xavfsiz yashash joylari tayinlanadi. Kampusga begona shaxslar kiritilmaydi va 24/7 qo‘riqlash xizmati mavjud.
O‘quvchilarimizga kuniga 3 mahal halol ovqat beriladi. Har bir ovqat alohida "Halol" stikeri bilan belgilangan bo‘ladi. Ekskursiyalar davomida halol tushlik qutilari beriladi va faqat halol restoran va kafelarga tashrif buyuriladi.
Ha, deyarli barcha markazlarda bepul Wi-Fi mavjud, lekin ba’zi hollarda qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin.
Bu individual talabaga bog‘liq. Barcha taomlar ta’minlanganligi sababli, haftasiga $200-400 dan oshmasligini tavsiya qilamiz. Bu miqdor qo‘shimcha mashg‘ulotlar va suvenirlar uchun yetarli bo‘ladi.
Ha, barcha talabalar kurs oxirida sertifikat oladi. Shuningdek, MLA portfeli, o‘quv resurslari, kunlik baholash, qatnashuv qaydi, kunlik mavzular, bajarilgan vazifalar va ishlatilgan materiallar bilan ta’minlanadi.
Tavsiya qilamiz:
Sinfda foydalanish uchun planshet yoki noutbuk
Ikkita sochiq (AQShda hammom sochiqlari beriladi)
Shaxsiy gigiyena vositalari
Elektr toki adapterlari
Qulf
Yomg‘irga chidamli kurtka / Soyabon
Bayram uchun kiyimlar
Qulay poyabzal va mahalliy valyuta.
11-17 yoshgacha bo’lgan o'quvchilar uchun VIZA olish ehtimoli ancha yuqori hisoblanadi. Bu esa ular uchun hozirdan VIZA tarixini yaxshilab olishga juda katta muhim qadam bo’ladi. Biz talab qilayotgan hujjatlar va talabga javob bersangiz sizning VIZA olish ehtimolingiz 99% ga yetadi.
Kontaktlar:
+998 78 777 5 777
Manzil: Toshkent shahar. Furqat ko'chasi 3A Mo'ljal: Toshkent City, Boulevard alleyi.