AQShda dunyoning eng yaxshi universitetlari joylashgan. Harvard, Stanford, MIT, va Yale kabi.
Ta’lim dasturlari yuqori sifatli, xalqaro akkreditatsiyalarga ega va tan olinish darajasi yuqori. AQSh universitetlari QS World University Rankings va Times Higher Education reytinglarida doim yuqori o‘rinlarda turadi.
AQSh universitetlari dunyo miqyosida ilmiy tadqiqotlar va texnologik rivojlanishda yetakchi hisoblanadi.
Ko‘pgina universitetlar ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratadi va talabalar tadqiqot loyihalarida qatnashishi mumkin.
Talabalar o‘z qiziqishlariga mos ravishda darslar tanlasherkinligiga ega. Magistratura va doktorantura dasturlarida qiziqish doirasini o‘zgartirish mumkin.
AQSh universitetlari xalqaro talabalarni qabul qilish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Har yili 1 milliondan ortiq xalqaro talabalar bu yerda ta’lim oladi.
Ko‘plab universitetlar stipendiyalar va moliyaviy yordam dasturlarini taklif qiladi.
Ishlash imkoniyatlari: Talabalar o‘qish davrida kampus ichida ishlashlari yoki amaliyot (internship) dasturlarida qatnashishlari mumkin.
AQSHning ramzi bo‘lgan ushbu haykal 1886-yilda qurilgan va erkinlikni anglatadi.