Blog uz

IELTS va TOEFL: Til imtihonlari va ularga qanday tayyorlanish kerak

Mundarija:

1. IELTS va TOEFL o'zi nima?
2. Ular o'rtasidagi farqlar
3. Imtihon qay tartibda bo'ladi va nimalarga ahamiyat qilish kerak?
5. Odatda xorij oliygohlari qanday daraja so'rashadi?
❓ IELTS, TOEFL atamalarini bugun juda ko'p eshitamiz. Xo'sh, ularning o'ziga xosligi va afzalliklari nimada? Nima uchun ular bugungi kunda juda ahamiyatli hisoblanadi? Ushbu maqolada batafsil tanishamiz.

Kimlar uchun mo'ljallangan?

IELTS va TOEFL - xalqaro darajadagi ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi imtihon. Bu test tizimi chet ellik, o'zining ona tilisi ingliz tili bo'lmaganlar uchun mo'ljallangan. Agar chet el universitetlariga, o'z sohangiz bo'yicha ishga topshirmoqchi bo'lsangiz, yoki mamlakatingizdagi Xalqaro kompaniyalarga joylashmoqchi bo'lsangiz, judayam kerak bo'ladi. Odatda ularning talabnomalarida shunday sertifikatlar so'raladi. Shuningdek, imtihonlar faqat sizning til bilishingizni emas, tanqidiy va tahliliy fikrlashingizni, akademik bilimingizni ham sinovdan o'tkazadi. Shu uchun ham ularning ahamiyati baland.

🌏 Tarixi:

IELTS- bu kabi xalqaro imtihon joriy qilish rejasi 1980-yildan boshlangan. 1989-yildan buyon hozirgi holatga keltirilib, o'z testlarini o'tkazib kelmoqda. British Council, IDP va Cambridge English'larga hujjat topshirib, sinovdan o'tish mumkin. Butun dunyoda 140 dan ortiq mamlakatda 4000 dan ortiq test markazlariga ega.
TOEFL - Amerikada 1964-yildan yo'lga qo'yilgan til darajasini aniqlash imtihonidir. Boshida "Paper-based test" shaklida , ya'ni qog'ozga ishlab topshirilgan. 1998-yilga kelib kompyuterda olina boshlangan. Koronavirus vaqtida esa hatto uyda turib onlayn holatda testdan o'tish imtihoni yaratilgan. TOEFL 160 dan ortiq davlatning 12,500 dan ko'proq universitetlarida, organizatsiyalarida amal qiladi.

🎯 Imtihonlari qanday bo'ladi?

Ikkalasi ham 4 xil ko'nikmani sinovdan o'tkazadi. Bular:
— Listening - tinglab tushunish;
— Reading - o'qib tushunish;
— Speaking - so'zlashuv;
— Writing - yozish ko'nikmasi
IELTS'da listening, reading va writing bir kunda bo'lib o'tadi va 2 soat-u 45 daqiqa beriladi. Ya'ni, 40 daqiqa atrofi tinglab tushunish ko'nikmasi tekshirilsa, reading uchun 1 soat beriladi. Bu vaqtda 3 ta matnni o'qib, undagi 40 ta savolga javob berishingiz kerak bo'ladi. Speaking boshqa kunda bo'lib o'tadi va u 3 xil darajani qamrab olgan.
TOEFL'ning vaqti IELTS'nikidan ko'ra kamroq bo'lib, 2 soat atrofidadir. Bunda, masalan, 35 minut reading uchun ajratilgan va siz bu muddatda 700 so'zli matnlardagi savollarga javob yozishingiz so'raladi. Listening qismi esa 36 daqiqa bo'lib, u 3 ta ma'ruza (lectura) va 2 ta suhbatdan (conversation) iborat.

✍ Baholash tizimi:

IELTS 0-9 ballikda baholanadi.
TOEFL'da esa har bir qism 30 balldan, jami 120 ball beriladi.
Keling, TOEFL'ni baholashdan kelib chiqib, darajalarini ko'rib chiqamiz:

IELTS va TOEFL farqi bormi?

Demak, tasklarni bajarish jarayonida ularda qanday farqlar bor? Bir-bir ko'rib chiqsak.
🔷 Avvalo, Listeningdan boshladik. IELTS'da ko'proq javoblarni yozasiz, ya'ni, bo'sh o'rinlar mavjud bo'ladi va o'sha o'ringa audiodagi mos so'zni yozishingiz kerak bo'ladi. TOEFL'da esa variantli, ya'ni multiple-choice savollar ko'proq bo'ladi. To'g'ri, bu kabi savollar, IELTS'da ham bor, ammo ular nisbatan kamroq.
🔷 Readingda IELTS'da 1 va 2-matnlar odatda dunyo maqolalaridan olinadi, 3-sini esa akademik darajada beriladi. TOEFL'da esa hamma matnlar akademikdir. Shu jihatdan olib qaraganda, TOEFL'ga tayorlanishda, ilmiy bilimlarni yana ham ko'proq oshirish talab qilinadi. Demak, tasklarni bajarish jarayonida ularda qanday farqlar bor? Bir-bir ko'rib chiqsak.
🔷 Eng katta farqlaridan yana biri: IELTS'da speaking qismi jonli shaxs-examiner bilan bo'lib o'tadi. TOEFL'da esa faqat kompyuterga yozib olingan holatda so'zlashuv ko'nikmasi amalga oshiriladi. Xullas, ikkisining ham o'ziga xos qiziq jihatlari mavjud.

Yaxshi darajaga erishish uchun nimalarga ahamiyat qilish kerak?

• Agar darajangiz boshlang'ich bo'lsa, 0 dan grammatikasini yaxshilab boshlab o'rganish tavsiya qilinadi.
• Bardavom dars qilish va shug'ullanish. Nima ishda bo'lmasin, davomli qilingani, samarali hisoblanadi va natija tomonga boshlaydi. Har kuni vaqt belgilab olib, so'zlar yodlansa, maqolalar o'qib, tahlil qilinsa, turli podkast, suhbatlar tinglansa va albatta so'zlashib turilsa, tezroq muddatda yaxshi natijaga erishish mumkin.
• Har bitta qism ustida ishlang! Chunki, umumiy balga hammasi ta'sir qiladi. Listening qilib, writing yozilmasa, birining bali umumiy ballni tushirib yuborishi mumkin.
• Speaking uchun faqat gapirish va shadowing- ya'ni, eshitganingizni ortidan takrorlayvering.

🎓 Xorij universitetlari qanday daraja so'raydi?

Bu jihat odatda universitetlarning talabnomasidan kelib chiqadi. Masalan, ko'pgina darajasi yuqori oliygohlar IELTS 7+ so'rashadi. Ammo bakalavr uchun odatda 6 IELTS bilan bemalol ko'plab ta'lim muassasalariga hujjat topshirish mumkin. TOEFL ham Amerikaning ba'zi oliygohlari 78 dan boshlab, hatto ba'zilari 100 dan yuqori talab qilishadi. Ammo 60 balldan boshlab qabul qiluvchi oliygohlar ham talaygina. Xullas, siz tayyorgarlikni qattiq qilib, natijaga umid bog'lab, harakatda bardavom bo'ling!

| Biz bilan bog'lanish | 🇺🇸 AQSh | 🇬🇧 Buyuk Britaniya |


| 🇨🇦 Kanada |


Chet eldagi ta'limingizni Ucan Consulting bilan boshlang va akademik orzularingizni ro'yobga chiqaring!

Qo'ng'iroq qilish uchun ☎️: +998 (78) 777-57-77


Murojaatnoma qoldirish uchun: Havola