Blog uz

Oksford universiteti va uning "Bodleian"idagi xazinalar

Ilmga ragʻbati baland talaba borki, Oksford yoki Cambridge kabi qadimiy va mashhur universitetlarda oʻqishni istasa kerak. Keling, bugun Oksford oliygohi va sizni ham hayratlantira oladigan uning Bodleian kutubxonasiga birgalikda sayohat qilamiz.



Qiziqarli mavzularimiz:

• Hammasi qayerdan boshlangandi yoxud Oksford tarixi
• Oʻzining nashriyotiga ega ekanligini bilasizmi?
• "Bodleian" soʻzining maʼnosi nima oʻzi?
• Kutubxonadagi kitoblar sonini bilasizmi?

🗺 Oksford universiteti tarixi

Buyuk Britanida joylashgan bu qadimiy oliygohning aniq tashkil qilingan sanasi ma'lum emas, ammo manbalarda 1096-yilda ta'lim olib borilganligi aytiladi. Universitet taraqqiyotida esa bir qiziq qarorning alohida o'rni bor. Bu qaror voqeasi shunday bo'lgan: 1167-yilda qirol Genrix II Parijda o'qishni taqiqlab qo'yadi. Ehtimol, bunga o'sha vaqtdagi siyosiy va boshqa omillar sabab bo'lgandir. Parijda o'qish imkoniyati bo'lmaganligi uchun talabalar Oksfordga kelib ta'lim ola boshlashadi. 1248-yil qirol Genrix III davrida esa rasman qirollik nizomi berilgan. Oksford dunyoda qadimiyligi bo'yicha 2-o'rinda turadigan oliygohdir. Britannica.com yozishiga ko'ra, universitet ochilgan ilk yillarida o'zining binosi ham bo'lmagan.

Universitet bo'limlari:

Oksfordning 38 dan ko'proq o'z kollejlari mavjud. 400 dan ortiq yo'nalishlarda tahsil olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, oliygoh o'z grant va scholarship'lariga ega. Talabalar uchun 24/7 ishlaydigan kutubxona, yashil tabiat qo'ynida dars qilish imkoniyati, muzey, hattoki, musiqa xonasi ham mavjud.

Universitet nashriyoti:

Nega biz taraqqiyotda ortda qolganmiz? Qanday qilib mustamlaka qilingan mamlakatga aylanganmiz? Hammasining ortida ilm, o'rganish va taraqqiyot darajasi yotibdi. 1478-yildayoq Oksford universiteti o'zining bosma nashriyotiga asos solgan ekan. Bugun ham u faoliyatini olib boradi va yangidan-yangi nashrlar bilan boyib kelmoqda. Bu nashriyot o'sha vaqtdagi eng katta va nufuzli hisoblangan.

📚 Bodleian kutubxonasi

Bu kutubxona Yevropadagi eng qadimgi hisoblanib, kattaligi jihatidan Buyuk Britanida "British Library'dan so'ng 2-o'rinda turadi. Kutubxona ochilish tarixi esa 1602-yillarga borib taqaladi. Ungacha universitetda kitoblar va qo'lyozmalar albatta to'planib borgan va kattaroq joyga ehtiyoj sezilgan.

🔎 Nega shu nomda atalgan?

Tomas Bodley ismli kishi kutubxonani tiklash kerakligi va o'zi bosh-qosh bo'lishini aytadi. Edvard VI hukmronligidan so'ng ancha xarob ahvolga kelib qolgan kitoblar majmuasi ana shunday qahramonini kutayotgan edi. Bodley boshchiligida kutubxona jihozlanib, qayta tiklanadi va 1602-yilda ochilish marosimi o'tkaziladi. Bu shaxsning nomiga kutubxona shunday nomlanib kelmoqda. Qiziq jihati, "A brief history of the Bodleian Library" nomli maxsus kitob ham chop etilgan.

Kutubxona xazinasi:

Bugungi kunda Bodleian kutubxonasida 13 milliondan ortiq chop etilgan manbalar: kitoblar, qo'lyozmalar o'rin olgan. Shuningdek, 80 mingdan ortiq elektron jurnallar maxsus kamyoq elektron nashrlarni topishingiz mumkin.

Oksfordda O'zbek tili markazi:

Dunyodagi bu mashhur ta'lim muassasasida 2024-yil yanvar oyidan boshlab o'zbek tili bo'yicha darslar yo'lga qo'yildi. Bu loyiha boshlanishida 15 nafar talabaning o'rganishi bilan boshlandi. Bunday hamkorlikdagi dasturlar ko'payishi va davomli bo'lishi har jihatdan judayam manfaatli bo'ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Oksford universitetini va qulayliklari hech bir talabani befarq qoldirmasligi aniq.

Chet elda o'qish qiyinchiliklari sizni ta'limdan to'xtatib qo'yishiga yo'l qo'ymang!


Hoziroq konsultatsiyaga yoziling!


| Biz bilan bog'lanish | 🇺🇸 AQSh | 🇬🇧 Buyuk Britaniya |


| 🇨🇦 Kanada |


Chet eldagi ta'limingizni Ucan Consulting bilan boshlang va akademik orzularingizni ro'yobga chiqaring!

Qo'ng'iroq qilish uchun ☎️: +998 (78) 777-57-77

Murojaatnoma qoldirish uchun: Havola