Kanada
Xalqaro talabalarni jalb etishda yetakchi o'rinlarda turuvchi, ingliz zabon mamlakat
Kanada haqida umumiy ma'lumotlar
Jahon darajasidagi universitetlar
  1. Toronto University tadqiqot yutuqlari va turli xil akademik dasturlari bilan mashhur bo'lib, dunyo bo'yicha 25-o'rinda turadi.
  2. McGill University Kanadaning eng qadimgi universitetlaridan biri. Tibbiyot maktabi va tadqiqotga katta e'tibor qaratishi bilan tanilgan. Dunyoda 29-o'rinni egallagan.

Xorijiy talabalar soni

2024-yil holatiga ko‘ra, Kanadada 1 000 000 dan ortiq xalqaro talabalar ta'lim olmoqda, bu esa uni dunyodagi eng mashhur oliy ta'lim yo‘nalishlaridan biriga aylantiradi.
Madaniyatli muhit
Kanada ta'lim muassasalari o‘zining inklyuzivligi va xilma-xilligi bilan mashhur bo‘lib, turli madaniy kelib chiqishga ega talabalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.

Xavfsiz muhit

Kanada xavfsizligi va yuqori turmush darajasi bilan tanilgan, bu esa uni talabalar uchun jozibador manzilga aylantiradi.
Kanada ta'lim tizmining afzalliklari nimada?
Arzon o‘qish narxlari

AQSH va Buyuk Britaniya kabi boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda, Kanadadagi o‘qish narxlari odatda pastroq bo‘lib, bu uni xalqaro talabalarga arzonroq variantga aylantiradi.

Stipendiyalar va moliyaviy yordam

Kanada xalqaro talabalarga ko‘plab stipendiyalar va grantlartaqdim etadi. Bu stipendiyalar akademik yutuqlar, sport yutuqlari, yoki ijtimoiy faoliyatlar asosida berilishi mumkin.


Shuningdek, ko‘plab universitetlar va davlat tashkilotlari talabalarga ta’lim xarajatlarini kamaytirish uchun moliyaviy yordam dasturlarini taklif qiladi.

Keng ta'lim imkoniyatlari

Kanada talabalarga o‘z ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda katta erkinlik beradi. Talabalar o‘z qiziqishlariga mos kurslar va dasturlarni tanlashi mumkin.

Ingliz va fransuz tillarida o‘qish

Kanada rasmiy tillari ingliz va fransuz tillari hisoblanadi. Shuning uchun, talabalar ikkita asosiy tilda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.


Kanadada fransuz tilida ta’lim olish imkoniyati ham mavjud, buesa fransuz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan talabalar uchun juda yaxshi imkoniyat yaratadi.

O'zbekistonda kimlar Kanadada ta'lim olgan
  • Max Holden
    Founder & Art Director
    Max founded our company. He is the father of our main goals and values. He found the core members of our team and helped them to show their unique talents in the work process.
  • Lucy Good
    Design Director
    Julia takes care of everything you can see. She spent five years in London learning visual communication. She uses her knowledge to make the world a little more beautiful.
  • Eva Stark
    Customer Support
    Eva is the voice of our brand. She spends hours making our clients feel cared for and enjoying their communication with the company. If you have any suggestions, you can write to her.
Kanada xalqaro talabalarga
qanday imkoniyatlar taqdim etgan?
Turli Dasturlar
Kanadadagi universitetlar keng turdagi dasturlarni taklif etadi, jumladan bakalavriat, magistratura va kasb-hunar ta'limi.
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar
Kanada ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida kuchli pozitsiyaga ega. Talabalar o‘qish davomida ilmiy izlanishlar olib borishlari va dunyo miqyosida yirik tadqiqot loyihalarida ishtirok etishlari mumkin.
Ko‘plab universitetlar talabalarga research assistant (ilmiy yordamchi) sifatida ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Ish Imkoniyatlari
Kanadada xalqaro talabalar kampusda ishlashlari mumkin vashuningdek, bu esa ularga o‘qish davomida qimmatli ishtajribasini olish imkonini beradi.
Bitirgandan so‘ng ishchi vizasi
Belgilangan ta'lim muassasalaridan bitiruvchilar post-graduation ishchi vizasini olishlari mumkin, bu esa ularni Kanadada o‘qishni tugatganidan so‘ng 3 yilgacha ishlash imkonini beradi.
Doimiy Rezidentlik
Kanada bitiruvchilarga o‘qishni tugatganidan so‘ng doimiy rezidentlik yo‘llarini taklif qiladi, bu esa uni uzoq muddatli variant sifatida jozibali qiladi.
Kanadadagi e'tirofga sazovor manzillar
Kanada Universitetlari
Toronto University
Kanadaning 1-raqamli universiteti va dunyoning eng kuchli 25 ta universitetidan biri!
Insulin va sun’iy neyron tarmoqlari kabi kashfiyotlar aynan shu universitet olimlari tomonidan qilingan. Google, Tesla va IBM kabi texnologik gigantlar bilan hamkorlik qiladi.
Ask for price

University Of British Columbia

Kanadaning eng obro‘li universitetlaridan biri, ayniqsa, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida yetakchi. UBC har yili 600+ million dollarlik tadqiqot loyihalarini moliyalashtiradi!
Universitetning AI va Data Science dasturlari butun dunyoda tan olingan.
University Of Alberta
Dunyo miqyosida Neft muhandisligi va Atrof-muhit fanlari bo‘yicha eng yaxshi universitetlardan biri.
Kanada va xalqaro talabalar uchun millionlab dollar grant va stipendiyalar ajratiladi.
AI va Machine Learning bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri.
University Of Montreal
Kanadaning eng yirik frankofon universiteti – barcha darslar asosan fransuz tilida olib boriladi.
Dunyoning eng yaxshi tadqiqot markazlaridan biri, ayniqsa, AI (Sun’iy intellekt) va Biotexnologiya sohasida kuchli.
UdeM talabalarining 40% dan ortig‘i xalqaro talabalar!