Siz maktabni tamomladingiz. Butun hayotingizga taʼsir oʻtkazuvchi bir pallada turibsiz. Nega? Chunki, oliy oʻquv yurtiga topshirishingiz va oʻz sohangizni topishingiz kerak. Bu vaqtda ikkilanish va savollar koʻp boʻlishi tabiiy. Keling, bugun maktabni tamomlagandan soʻng chet elda oʻqish hayoti haqida soʻzlashamiz.
Bilasizmi, hammamiz yoʻlovchimiz. Bu yoʻlda yelkamizda xurjunimiz mavjud. Qanday xurjun deysizmi? Bizning harakat, mehnat, izlanish va oʻrganish orqasidan toʻplanib boradigan xurjun. Biz uni qanchalik boyitsak, yoʻlni shunchalik yaxshiroq anglaymiz.
Universitetda taʼlim olish vaqti esa hamma eʼtiboringizni oʻz ustingizda ishlashga sarflaydigan eng samarali vaqt hisoblanadi.
Savol tugʻiladi: maktabni tamomlagach, chet el oliygohida oʻqishga kirsam, qanday oʻsishga erishaman?
Avvalo, dunyoqarash kengayishi va fikrlar xilma-xilligi shakllanadi.
Bu nega muhim? Chunki, bugun koʻp vazifalarni sunʼiy intellekt qila oladi. Sizga esa kreativ va keng fikrlashingizga qarab baho beriladi. Bitta masalada turli tomondan qarab baho bera olmagan kadr uzoqqa bormaydi. Xorijda taʼlim olish yangi madaniyatlar, yangi muhit, turli insonlar bilan muloqotga kirishish imkonini beradi. Bu esa oʻz-oʻzidan sizga yangi gʻoyalar manbai degani.
Ikkinchidan, raqobatbardoshlik kuchayishi.
Qiziq-a?! Ha, toʻgʻri eshitdingiz: Raqobat bor boʻlsa, rivojlanish boʻladi. Bunga suyagi qotmagan kadrning esa katta loyihalarda qololmasligi aniq. Bu sifatning chet elda oʻqishga nima aloqasi bor desangiz, u yerda qattiq oʻqimasangiz, ustingizda ishlamasangiz, oʻz-oʻzidan chetlatilasiz. Atrofingizda turli hududlardan kelgan kuchlilar taʼlim olishayotgan boʻladi. Bu narsa sizda masʼuliyatni ham shakllantiradi.
Uchinchidan, til bilish darajangiz "native"likka chiqa oladi.
Har qaysi tilni oʻrganish vaqtida oʻsha tilda soʻzlashuvchi insonlar bilan muloqot oʻrganishni tezlashtiradi va yaxshilaydi. Endi oʻsha mamlakat insonlari bilan jonli suhbatlar samarasini tasavvur qilavering. Bugun bizda "1000 kitob" kabi loyihalar qilinmoqda. Siz oʻz sohangiz ustasi boʻlsangiz, uning ustiga chet tilini chuqur bilsangiz, shunday loyihalar uchun kitoblar tarjima qilishingiz ham mumkin. Axir jamiyat islohoti yoʻlida qilingan harakat eng manfaatli harakatdan biridir.
Toʻrtinchidan, karyerangizda oʻsish qilasiz.
Ha, ishonavering, chet elda yangi texnologik bilimlarni oʻzlashtirib kelganlar uchun juda koʻplab eshiklar ochiladi. Avvalo, bizda xorij oliygohlaridagi sifatga ishonch kuchli. Bu jihat siz haqingizdagi qarashlarni ham kuchli qiladi. Katta masʼuliyatlar sizga bemalol ishoniladi.
Beshinchidan, turli mamlakatlardan kelgan salohiyatli va intellekti baland doʻstlar.
Bir gap bor-ku: Menga oʻng koʻp suhbatlashadigan 5 insoningizni ayting, men sizga kelajak yillaringizni aytaman, degan. Xuddi shunday sizning atrofingizdagi insonlar sizga eng koʻp taʼsir qiladi. Chet elda oʻqish mobaynida esa qattiq izlanishdagi doʻstlar davrasida boʻlishingiz tabiiy. Ular bilan suhbat orqali oladigan taassurotlar haqida aytmasak ham boʻladi.
Xullas, siz bir oʻrinda qotib qolishni istamasangiz, yangiliklarga chanqoq boʻlsangiz, chet el universitetlarini ham oʻrganib chiqing. Oʻzingiz uchun yangi maqsadlar eshigini ochishdan qoʻrqmang. Ilmga, shaxsiy rivojlanishga eʼtibor qaratadigan eng muhim vaqtingizni sifatli taʼlim bilan kafolatlang!

O'zingiz orzu qilgan universitetda o'qish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Kelajagingizga birinchi qadamni qo'yish uchun hoziroq biz bilan bog'laning!
Qo'ng'iroq qilish uchun ☎️: +998 (78) 777-57-77