Ucan Consulting bilan eng yaxshi universitetlar talabasi bo'ling
Ucan Consulting 2018 -yil tashkil topgan va Ingliz zabon yurtdagi universitetlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Shu vaqtgacha biz 500 ga yaqin insonlarga universitetga kirishda, universitetdan chegirma olishda va viza jarayonlarida ko’maklashgan.
2023-yil Ucan Consulting Oxford International Group tamonidan eng zo’r o’rta Osiyodagi agentlik deb topilgan. Bundan tashqari, Ucan Consulting British council tamonidan tasdiqlangan agentlik hisoblanadi va ICEF jamg’armasi azosi hisoblanadi.
Kuchli va o’z ishini ustalari bo’lgan konsultatlar hamda mutaxassislar
Do’stonalik
Talabalik safarlarida ham qo’llab quvvatlov va ko’maklashuv
Kompleks xizmat
O’qish tanlashdan tortib, viza, hujjatlarni topshirish jarayonlarigacha to’liq yondoshuv
Ishonch
Jarayon shaffofligi va kafolatlangan natija
Hamkorliklar
Ko’plab o’quv yurtlari bilan shartnomalar, kelishuvlar va manfaatli takliflar
Uzoq yillik tajriba va ko’plab muvaffaqiyatli keyslar
bizning dasturlar
Biz talabalarga quyidagi dasturlarni taklif qilamiz:
Foundation
Bu dastur 6 oydan 1 yilgacha davom etishi mumkin va bu dastur bakalavrdan oldin bo’lib o’tadi. Ko’p talabalar foundation dasturini til kursi deb o’ylashadi lekin bu til kursi dasturi emas, bu dasturda fanlar o’tiladi.
Foundation dasturiga kirish uchun IELTS UKVI 4.5 har bir bo’limi 4.0 kam bo’lmagan xolda kirsa bo’ladi. Bu dastur asosan ingliz tili darajasi past bo’lgan va 11 yillik ta’limni bittirgan talabalarga kerak bo’ladi.
International year one
Bu dastur bakalavr dasturiga o’xshaydi, faqatgina bu dasturga talabalar 11 yillik ta’limdan so’ngham topshirsa bo’ladi. Ko’p universitetlar 18 yoshga to’lgan talabalarni qabul qilishadi, 17 yoshga to’lgan talabalarni hamma univeristetlarham qabul qilavermaydi.
Bu dastur bo’yicha menejerlarimizdan biri sizga yanada ko’proq ma’lumot berib o’tadi.
Bachelor
Bakalavr bu dastur Buyuk Britaniyada 3 yil davom etadi. Bakalavr dasturi talabasi bo’lish uchun talabala 12 yillik ta’limni tamomlagan bo’lishi kerak, yoki 11 yillik ta’lim va 1 yil universitetda o’qibham topshirsa bo’ladi.
Pre Masters
Bu dastur magistratura talablariga javob bermaydigan talabalar uchun. Masalan agarda Talabani bakalavrdagi ko’rsatkichlari past bo’lsa, yoki ingliz tili darajasi past bo’lsa shu hollarda asosan pre masters dasturlari kerak bo’ladi.
Pre masters dasturi odatda 3 oydan 1 yilgacha bo’lib o’tadi va bu dasturdan so’ng talabalar magistratura bosqichiga o’tishadi. Shuni aytib o’tish kerakki bazi top oliygohlarga kirish judaham qiyin, top universitetlarga kirish uchun pre masters dasturlariham yordam berishi mumkin.
Master degree
Bu magistratura dasturi, davomiyligi 1 yil. Bu dastur talabasiga aylanish uchun talabalarda bakalavr diplomi bo’lish kerak.
Buyuk Britaniyadagi magistratura dasturi boshqa davlatlardan yaqqol ajralib turadi, chunki boshqa davlatlarda ushbu dastur ikki yil bo’lib o’tadi, Buyuk Britaniyada esa 1 yil.
Bu birinchi navbatda qaysi davlatda o'qishingizga bog'liq. Masalan: Yevropada chet ellik talabalarga oʻqish vaqtida, haftasiga 20 soat, taʼtilda esa 35-40 soat ishlashga ruxsat berilgan. Xitoy, Singapur va Malayziya kabi mamlakatlarda esa chet ellik talabalarga oʻqish davrida ishlash qatʼiyan man etiladi, ammo talabalar kampusda qoʻshimcha pul ishlash imkoniyatiga ega.
Hozirgi paytda biz quyidagi davlatlar bilan yaqin munosabatli ish yuritamiz: Kanada, AQSh, Angliya, Malta, Vengriya, Germaniya, Chexiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Avstraliya, Polsha, Latviya, Turkiya va boshqa davlatlar.
Har bir davlatning elchixonasi mustaqil tashkilot bo'lganligi sababli, hech kim sizga 100% viza olishingizga kafolat bera ololmaydi. Balki, elchixonaga kerakli hujjatlarni tayyorlashda ko'p yillik tajribamizga asoslanib, bizning mijozlarimiz 91% hollarida vizaga ega bo'ladi.
Ha, albatta. IELTS darajasiz qabul qila oladigan nufuzli universitetlar bilan ish yuritganimiz tufayli, siz o'sha universitet vakili bilan onlayn intervyudan o'tsangiz kifoya.
Har bir universitet, grant berish jarayonida, sizning litsey/kolledj/universitet baholaringizga, turli-tuman yutuq va sertifikatlaringizga ahamiyat beradi. Albatta IELTS/TOPIK darajalari grant berish jarayonida asosiy ro'l o'ynaydi. Grantlar taxminan quyidagicha: • IELTS 5.5/6.0 — 30/50% gacha • IELTS 6.5/7.0 — 50/70% gacha • IELTS 7.5/8.0 — 70/100% gacha